Blog

Uzilishsiz KVM-backuplar: Snapshot, Increment va S3 orqali VM’larni xavfsiz zaxiralash

Har qanday tizim administratori biladi: virtual mashinalarning backupi — bu faqatgina himoya emas, balki xotirjam uxlash imkoniyati ham. Lekin “kuniga bir marta to‘liq nusxa” usuli eskirdi: ma’lumotlar tezroq yangilanadi, tiklash talabi o‘smoqda va servis uzilishlarini hech kim kechirmaydi.

Ushbu qo‘llanmada — faqat amaliy qadamlar: KVM VM’larning backupini bulutda qanday tez va ishonchli yo‘lga qo‘yish, uzilishlarni minimallashtirish, snapshot va incremental’dan foydalanish hamda S3’da saqlashni qanday tashkil etish mumkinligi haqida.

Foydalanuvchi ssenariylari

Kimlarga kerak?

KVM-infratuzilmasida ishlaydigan servislarni uzluksiz ta’minlab turuvchi:
• tizim administratorlari
• infratuzilma muhandislari
• DDevOps mutaxassislari

Klassik muammolar

•Muhim (kritik) VM’larni uzilishsiz backup qilish.

• Zaxiralar hajmini (va xarajatlarni) kamaytirish.

• Zaxira ma'lumotlarini ishonchli S3-mos xotirada saqlash

• Ma’lumotni xavfsiz va tez tiklash.

Amaliyotdan misollar

— Retail sohasidagi administrator tungi backuplarni avtomatlashtirdi: incremental nusxalar S3’ga yuboriladi, servis uzilishlari soniyalargacha qisqardi.

— Fintech-kompaniyada snapshot va S3’ga yuklash yordamida katta hajmli backuplardan voz kechildi: endi har bir VM’ni hostdagi nosozlikdan so‘ng ham bir necha daqiqada tiklash mumkin.

Cloupard’da buni qanday qilish mumkin

1. KVM VM uchun backupni yoqish

1.“Xizmatlar” bo‘limiga o‘ting → Elastic Cloud KVM.

2. “Backuplar” bo‘limiga kiring — VM’lar ro‘yxati ko‘rinadi.

3. Zaxira saqlash muddatini tanlang (2–30 kun).

4. O‘ng tomondagi tugmani yoqing — u yashil rangga aylanadi.

5. O‘zgarishlarni saqlang.
Izoh: Har bir VM uchun saqlash muddati individual qilib belgilanadi.

2. Incremental va Snapshot-backuplar

• Cloupard KVM-mashinalar uchun snapshot-backup yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi.

• Backuplar platforma darajasida amalga oshiriladi — bu VM’ga tushadigan yukni kamaytiradi.

• Incremental nusxalarda faqat o‘tgan nuqtadan keyingi o‘zgarishlar saqlanadi.
Incremental sxema joyni tejaydi va backup jarayonini tezlashtiradi.

3. S3’da saqlash va yuklab jo‘natish

• Uzoq muddatli saqlash va integratsiyalar uchun Cloupard S3 saqlash muhitidan foydalaniladi.

• HTTPS orqali ulanish, ma’lumotlar uzatish jarayonida va saqlash vaqtida shifrlanadi.

• Hajm va fayl soniga cheklov yo‘q.

VM nusxasini S3’ga yuklash tartibi

Elastic Cloud KVM → Virtual mashinalar bo‘limiga o‘ting.

VM’ni to‘xtating (Power Off yoki OS’ni to‘g‘ri yopish).

Disklar ro‘yxatidan keraklisini tanlang → “VM nusxasini kutubxonaga saqlash”.

Hosil bo‘lgan .qcow2 faylni yuklab olish yoki S3’ga yuklash mumkin.

4. Snapshot’dan tiklash

• Boshqaruv panelida VM’ni kerakli nuqtaga tiklash funksiyasi mavjud.

• Incremental arxitektura tiklash vaqtini minimal darajaga tushiradi.

5. Uzilishlarni kamaytirish va ma’lumot yaxlitligini nazorat qilish

• Backup va tiklash KVM platformasi darajasida amalga oshiriladi — xatolar xavfini kamaytiradi.

• Tiklashdan so‘nggi tekshiruvlar nomuvofiq (nekonsistent) ma’lumotlarni aniqlashda yordam beradi.

• Barcha amallar loglarda saqlanadi va audit uchun ochiq.

6. Backupni o‘chirish

• Backupni shu interfeysning o‘zida o‘chirish mumkin.

• Zaxira saqlash muddatini “Tanlanmagan” qilib belgilang va o‘zgarishlarni saqlang.

Foydalanuvchi uchun xulosa

Nimaga erishasiz

• Avtomatlashtirilgan va ishonchli VM-backuplar.

• Snapshot + incremental → minimal to‘xtashlar va joy tejash.

• Uzoq muddatli saqlash uchun S3 bilan integratsiya.

• “Bir bosishda” tiklash.

• Zaxira saqlash muddatini erkin boshqarish.

Chegaralar

•S3’ga yuklash faqat HTTPS orqali amalga oshiriladi.

• VM obrazini yaratish va yuklash uchun virtual mashinani to‘xtatish talab etiladi.

Keyingi qadamlar

— Tiklash jarayonlarini muntazam tekshirib boring.

— Backuplarni S3’ga avtomatik yuklashni yo‘lga qo‘ying.

— Saqlash joyini tejash uchun incremental’dan foydalaning.

Cloupard sertifikatsiyasi

Cloupard quyidagi xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlangan:

• ISO 9001 — sifat menejmenti tizimi

• ISO 27001 — axborot xavfsizligini boshqarish tizimi

Bu infratuzilma, backup, mijoz ma’lumotlari va bulut servislar bilan ishlashda xalqaro talablarga to‘liq mosligini tasdiqlaydi.

* Tasvir SI (sun’iy intellekt) yordamida yaratildi.